OBS Studio'ni har qanday kompyuter uchun sozlash (video va audio)
OBS Studio'da ekranni yozib olayotganda ikkita muammo tez-tez uchraydi: video og'ir yoki xira chiqadi, mikrofon ovozida esa fon shovqini va g'ing'illash bo'ladi. Quyida men o'z laptopimda ishlatadigan sozlamalar keltirilgan. Boshqa kompyuterlar uchun nimani o'zgartirish kerakligini ham yozib o'tdim.
Mening kompyuterim
- OS: Debian (Sway)
- Videokarta: NVIDIA (shu sababli NVENC encoder ishlatiladi)
- Ekran: 1366×768
- Mikrofon: laptopning ichki mikrofoni va quloqchin mikrofoni
1. Umumiy profil
| Parametr | Qiymat |
|---|---|
| Canvas (Base) | 1366×768 |
| Output (Scaled) | 1920×1080 |
| FPS | 30 |
| Downscale Filter | Lanczos |
| Encoder | NVIDIA NVENC H.264 |
| Rate Control | CQP |
| CQ Level | 20 |
| Keyframe Interval | 2 |
| Preset | Quality |
| Profile | High |
| Look-ahead | Off |
| Psycho Visual Tuning | Off |
| B-frames | 2 |
| Recording Format | MKV |
| Audio | 48 kHz / 192 Kbps |
2. Video sozlamalari
Settings → Video
Base (Canvas) Resolution: 1366×768
Output (Scaled) Resolution: 1920×1080
Downscale Filter: Lanczos
Common FPS Values: 30Mening laptopimning ekrani 1366×768, shuning uchun Canvas shu qiymatda qoldirilgan. Sizda ekran boshqacha bo'lsa, Canvas'ni o'z ekraningiz o'lchamiga moslang. Output 1920×1080 bo'lgani sababli video Full HD formatida saqlanadi. Lanczos filtri kattalashtirish paytida matn va chiziqlarni aniqroq saqlaydi, bu dasturlash darslari uchun muhim.
3. Recording va encoder sozlamalari
Settings → Output → Output Mode: Advanced → Recording
Type: Standard
Recording Format: MKV
Encoder: NVIDIA NVENC H.264
Rate Control: CQP
CQ Level: 20
Keyframe Interval: 2 s
Preset: Quality
Profile: High
Look-ahead: Off
Psycho Visual Tuning: Off
B-frames: 2Nima uchun aynan shunday:
- CQP doimiy sifatni ushlab turadi. Ekranda kam harakat bo'lsa fayl kichik, ko'p harakat bo'lsa kattaroq bo'ladi.
- CQ 20 sifat va fayl hajmi o'rtasidagi yaxshi muvozanat.
- Look-ahead va Psycho Visual Tuning o'chiq turadi, chunki ular GPU'ni qo'shimcha yuklaydi. Mening laptopimda kadr tushib ketishining oldini oladi.
- MKV formati kompyuter o'chib qolsa yoki OBS qotib qolsa ham yozuvni saqlab qoladi. MP4'da bunday holatda fayl buzilishi mumkin.
- Keyframe 2 montaj dasturlarida videoni tez surish (seek) imkonini beradi.
MKV'ni keyin MP4'ga o'tkazish uchun: File → Remux Recordings. Qayta kodlanmaydi, sifat yo'qolmaydi.4. Audio sozlamalari
Settings → Audio
Sample Rate: 48 kHzSettings → Output → Audio
Audio Track 1 Bitrate: 192 Kbps48 kHz video uchun standart chastota, 192 Kbps esa nutq va musiqa uchun yetarli sifat beradi.
5. Mikrofon: fon shovqini va g'ing'illashni yo'qotish
Mening laptopimning ichki mikrofoni ovozni kuchli fon shovqini bilan birga oladi. Quloqchin mikrofoni yaxshiroq, lekin unda ham past g'ing'illash qoladi. Muammo OBS'da emas, mikrofon signaliga qo'shilayotgan shovqinda, uni filtrlar bilan sezilarli kamaytirish mumkin.
Audio Mixer → Mic/Aux → ⚙️ → Filters → +
5.1. Noise Suppression
Method: RNNoiseDoimiy fon shovqinini yaxshi kamaytiradi. Birinchi shuni qo'ying.
5.2. Expander
Ratio: 3:1
Threshold: -40 dB
Attack: 5 ms
Release: 100 ms
Output Gain: 0 dBSiz gapirmayotgan paytda mikrofonni pasaytiradi, shuning uchun pauzalardagi fon shovqini ham kamayadi.
5.3. Compressor
Ratio: 3:1
Threshold: -18 dB
Attack: 6 ms
Release: 60 ms
Output Gain: 0 dBOvoz balandligini tekislaydi. Sekin gapirgan va birdan balandroq gapirgan joylar o'rtasidagi farq kamayadi.
5.4. Limiter
Threshold: -1 dB
Release: 60 msBaqirib yuborganda yoki kuchli ovoz chiqqanda clipping (ovozning qirsillashi)ni oldini oladi.
Filtrlar tartibi
Tartib muhim, yuqoridan pastga shunday bo'lishi kerak:
Mic/Aux
↓
Noise Suppression
↓
Expander
↓
Compressor
↓
Limiter6. Kuchli kompyuter bo'lsa
Yuqoridagi qiymatlar mening laptopim imkoniyatiga qarab tanlangan. Agar kompyuteringiz kuchliroq bo'lsa (zamonaviy NVIDIA GPU, yetarli RAM va tez SSD), quyidagilarni oshirishingiz mumkin:
| Parametr | Standart | Kuchli kompyuter uchun |
|---|---|---|
| FPS | 30 | 60 |
| Output | 1920×1080 | 2560×1440 yoki 3840×2160 |
| CQ Level | 20 | 16-18 (kichikroq son = yuqoriroq sifat, fayl kattaroq) |
| Look-ahead | Off | On |
| Psycho Visual Tuning | Off | On |
| Audio bitrate | 192 Kbps | 256-320 Kbps |
Dropped Frames va CPU/GPU ko'rsatkichlariga qarang).7. NVIDIA videokarta bo'lmasa
NVENC faqat NVIDIA videokartalarida ishlaydi, men shuni ishlataman. Sizda boshqacha bo'lsa, Encoder ro'yxatidan o'zingizga mosini tanlang:
- AMD yoki Intel (Linux): VAAPI H.264
- AMD (Windows): AMD HW H.264 (AMF)
- Intel (Windows): QuickSync H.264
- Videokartasiz yoki eski kompyuter: x264 (CPU orqali, processorni ko'proq yuklaydi)
Xulosa
Shu sozlamalar bilan men Full HD, 30 FPS, toza ovozli va hajmi me'yorida bo'lgan yozuvlar olaman. Avval shu profilda sinab ko'ring, kompyuteringiz bemalol ko'tarsa, 6-bo'limdagi qiymatlarni asta-sekin oshiring.